16:38 / 21.08.2020
2 583

Polshalik fermerlar ko‘p qavatli uylar orasida ekin ekib, hosil olmoqda (video)

Polshalik fermerlar ko‘p qavatli uylar orasida ekin ekib, hosil olmoqda (video)
Polshaning Lyublin shahri aholisi ko‘p qavatli uylar orasida kombaynning hosil yig‘ishiga o‘rganib qolgan, deb yozmoqda Meduza.

Xabar berilishicha, mahalliy fermerlarning bir qismi o‘z vaqtida yerlarini yangi uylar qurilishi uchun sotishdan bosh tortgan. Bir qismi esa yerlarini sotishga rozi bo‘lgan. Uylar qurilgan, ekin maydonlari va u yerda ishlaydigan fermerlar Lyublin shahrining o‘ziga xos yodgorligiga aylangan.

Lyublindagi Yantarov ko‘chasida joylashgan maydondagi hosilni 2020 yil avgust oyida o‘rayotgan kombayn aks etgan video Reddit tarmog‘iga joylashtirildi. Rolik ko‘plab foydalanuvchilarni hayratga solgan, biroq Polshaning AntyRadio nashri ma’lum qilishicha, fermerlar bir necha yildan beri shu tarzda ishlaydi.

Yantarov ko‘chasidagi maydon bilan birga shaharning boshqa tumanlarida ham bu kabi maydonlar mavjud. Shahar aholisi esa ularning derazasidan qurilish va chang emas, balki chiroyli manzara ko‘ringani uchun fermerlar bilan qo‘shni ekanligidan mamnun.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshalik fermerlar ko‘p qavatli uylar orasida ekin ekib, hosil olmoqda (video)