14:05 / 22.08.2020
3 833

”Covid-19”ga qarshi Qozog‘iston vaksinasining natijalari ma’lum qilindi

”Covid-19”ga qarshi Qozog‘iston vaksinasining natijalari ma’lum qilindi
Qozog‘istonlik olimlar tomonidan yaratilgan COVID-19 vaksinasi yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Ta’lim va fan vaziri Asxat Aymag‘ambetov ma’lum qildi.

«Ma’lumki, qisqa vaqt ichida olimlarimiz COVID-19ga qarshi ikkita vaksinani yaratdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinalar to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qildi va ularni o‘z ro‘yxatiga kiritdi. Bizning inaktivlangan vaksinamiz klinikadan oldingi sinov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi va juda yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Bundan tashqari, biz uchta platformada vaksinalarni tayyorlamoqdamiz», - dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, klinikadan oldingi test natijalari vaksinalar inson organizmi uchun xavfsiz ekanligini ko‘rsatdi.
«Dastlabki natijalar juda yaxshi», - dedi Asxat Aymag‘ambetov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ”Covid-19”ga qarshi Qozog‘iston vaksinasining natijalari ma’lum qilindi