Amerikaliklar o‘z avtomobillaridan yolg‘iz qolish uchun foydalanmoqda

1 daqiqa o'qish2.1K
Amerikaliklar o‘z avtomobillaridan yolg‘iz qolish uchun foydalanmoqda
Foto: Motor
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sabab amerikaliklar yolg‘iz qolish uchun avtomobillardan tez-tez foydalanishga o‘tgan, deb xabar beradi Motor.

TrueCar tahliliy-axborot portali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishtirokchilarining qariyb to‘rtdan uch qismi (73 foiz) koronavirus pandemiyasi va u sababli joriy etilgan cheklovlar vaqtida o‘z avtomobillaridan nafaqat biror yumush borasida, balki birga yashayotgan insonlaridan qochish maqsadida ham foydalanayotganini tan olgan. 37 foiz AQSH aholisi esa karantin vaqtida telefonda bemalol suhbatlashish uchun mashinadan foydalanishini ma’lum qilgan.

Amerikaliklarning 32 foizi esa pandemiya vaqtida uydagilar e’tiboridan qochish uchun mashinalarini ofisga aylantirib olganliklarini so‘zlab bergan. So‘rovnomada ishtirok etgan AQSHning aksariyat aholisi uchun avtomobil shunchaki harakatlanish vositasidan ko‘ra ko‘proq narsa ekanligi ma’lum bo‘lgan: 68 foiz respondent mashinani o‘z oilasining davomi deb hisoblagan bo‘lsa, 35 foizi mashinasiga, albatta, biror ism qo‘yishlarini tan olgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?