09:16 / 01.09.2020
3 113

Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi ma’lum qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyada xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020 yilning noyabr—dekabr oylarida boshlanadi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Vazirning aytishicha, noyabr—dekabr oylarida preparat hududlarga yetib borishni boshlaydi. Mazkur haftada preparatni ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi tadqiqotlar boshlanadi.

«Ko‘ngillilar guruhlari yig‘ilmoqda, 40 ming kishi. Bu nazorat qilinadigan platsebo tadqiqotlari, ular bizga barcha jihatlarni keng populyatsiyada o‘rganish imkonini beradi. Ko‘ryapmizki, vaksina samarali, xavfsiz», — deya ta’kidlagan vazir.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11 avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina «Sputnik V» deb nomlandi.

Avvalroq vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020 yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi.

Shuningdek, «Rospotrebnadzor»ning «Vektor» davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi ma’lum qilindi