Foto: «RIA Novosti»
«Forbes» talqiniga ko‘ra, irlandiyalik kurashchi Konor Makgregor 2020 yilning 100 ta eng badavlat mashhurlari ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda nashrning saytida ma’lumot berilgan.
Sportchi 53-pog‘onani egalladi. Uning daromadi 48 million dollarni tashkil etadi. Shundan 30 million dollarini Donald Serronega qarshi jangi uchun qo‘lga kiritgan. Bu jang 2020 yil yanvarda bo‘lib o‘tdi va unda texnik nokaut bilan irlandiyalik g‘alaba qozondi.
Shuningdek, jangchi daromadining aksar qismini «Reebok» bilan homiylik shartnomasi tashkil etadi. Unga ko‘ra sportchi har yili 5 million dollardan olib turadi. Bundan tashqari, Makgregorga 2018 yilda ishlab chiqarishni boshlagan xususiy viski brendi daromad keltiradi.
Makgregor 22 marta g‘alaba qozonib, 4 marta mag‘lub bo‘lgan. U yarim yengil va yengil vaznda UFC chempioni bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”