17:58 / 09.09.2020
2 158

Forbes AQSHning eng badavlat 400 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi

Forbes AQSHning eng badavlat 400 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi
Foto: EPA / TASS
Forbes jurnali AQSHning eng badavlat 400 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingdagilarning umumiy boyligi 3,2 trln dollarni tashkil etadi — bu o‘tgan yilgiga nisbatan 240 mlrd dollarga ko‘proq.

Amazon bosh direktori Jeff Bezos ro‘yxatda qatorasiga uchinchi yil birinchi o‘rinni egalladi, u dunyoning ham eng badavlat tadbirkori hisoblanadi. Uning boyligi reyting tuzilgan 24 iyulda 179 mlrd dollar deb baholangan. 8 sentabr holatiga uning boyligi 193,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Microsoft hammuassisi Bill Geyts 111 mlrd dollar bilan reytingda ikkinchi o‘ringa joylashdi. Yuqori beshtalikdan shuningdek, Facebook bosh direktori Mark Sukerberg (85 mlrd dollar, hozirgi boyligi 103,8 mlrd), investor Uorren Baffet (73,5 mlrd) va Oracle rahbari Larri Ellison (72 mlrd) joy oldi.

Dastlabki o‘ntalikka Tesla bosh direktori Ilon Mask (68 mlrd dollar), Google asoschilari Larri Peyj (67,5 mlrd dollar) va Sergey Brin (65,7 mlrd dollar) kiritildi.

Ro‘yxatda 18ta yangi nom qayd etilgan, to‘qqiz kishi ushbu ro‘yxatga qaytdi. Yangi kiritilganlar orasida Zoom asoschisi Erik Yuan ham bor. U 11 mlrd dollar boyligi bilan 43-o‘rindan joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes AQSHning eng badavlat 400 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi