17:21 / 15.09.2020
2 511

Amerikalik olimlar koronavirusni neytrallovchi dori vositasini aniqladi

Amerikalik olimlar koronavirusni neytrallovchi dori vositasini aniqladi
Foto: Getty Images
Pitsburg universiteti olimlari SARS-CoV-2 koronavirusini juda kam miqdorda ham to‘liq neytrallashga qodir oqsilni aniqladi. Tegishli tadqiqot natijalari Cell ilmiy jurnalida e’lon qilingan.

Gap COVID-19’ga qarshi yaratilayotgan Ab8 dori vositasidagi to‘liq o‘lchamli antitanalardan o‘n barobar kichkina oqsil birikmasi haqida ketmoqda.

Mazkur dori vositasi koronavirusning S-oqsillari bilan aloqaga kirishishga qodir 100 milliard potensial molekulalarni tezkor tahlil qilish usuli yordamida aniqlangan. Patogen organizmga aynan ushbu vositalar orqali kira oladi. Immunoglobulin bilan birikkan oqsil Ab8 dori vositasini hosil qiladi.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, ushbu dori vositasi sichqonlar va og‘maxonlarni davolashda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan.

Mutaxassislar aniqlangan vosita virusni neytrallashda foyda beradigan to‘qimalar bilan diffuziyaga kirishish xususiyatiga ega. Shu bilan birga, molekulalar inson hujayralari bilan bog‘lanmaydi, bu esa ikkilamchi salbiy ta’sirlarni kamaytiradi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Hans Klyuge koronavirusga qarshi yaratiladigan bo‘lajak vaksina pandemiyaga chek qo‘ya olmasligi va aholining barcha qatlami uchun birdek samarali bo‘lmasligini ma’lum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolangani, Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilayotgani, «Rospotrebnadzor»ning «Vektor» davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi. Bir necha kun oldi Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovlari bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab to‘xtatilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik olimlar koronavirusni neytrallovchi dori vositasini aniqladi