
Foto: «Rambler»
Tailand dalalarida sholi hosili unumdorligi uchun o‘rdaklar armiyasidan foydalanilayotgani dron yordamida videoga olindi. O‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalalarini hasharot va boshqa zararkunandalardan tozalashda yordam beradi, deb yozadi «RIA Novosti».
Nakxon provinsiyasi fermerlari tomonidan suratga olingan mazkur rolikda o‘rdaklarning maydon bo‘ylab yurishini ko‘rish mumkin.
DUCK ARMY: Drone footage captures 10,000 ducks “cleaning” rice paddies in Thailand. Farmers use the ducks to remove pests from the fields. pic.twitter.com/zwu5AqmAZk
— CBS News (@CBSNews) September 15, 2020
O‘rdaklar 5 oy davomida dalalarni hasharotlardan tozalab berganidan keyin ko‘paytirish uchun fermaga qaytariladi, deyiladi xabarda.
O‘rdaklar egasi Alivat Chalermklinning ta’kidlashiga qaraganda, ushbu aksiya ikki tomon uchun ham foyda keltiradi. Sholi yetishtiruvchilar zararkunandalarga qarshi ortiqcha xarajat qilmaydi, fermerlarning esa o‘rdaklar oziq-ovqati uchun sarflaydigan mablag‘i tejaladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar