
Foto: e-cis.info
“Microsoft” asoschisi Bill Geyts “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi 2022 yilda tugashi mumkinligini ma’lum qildi.
«Ammo 2021 yil davomida muammoga global miqyosda yondashgan holda koronavirusni yuqtirib olganlar sonini kamaytirishimiz lozim», deydi Bill Geyts.
Geyts AQSHdagi holatni izohlar ekan, mamlakat kelasi yozga qadar «normal hayotga» to‘liq qaytadi deb hisoblamoqda.
Buning uchun esa u butun dunyo bo‘ylab koronavirusga qarshi kurashni davom ettirish zarurligini ta’kidlamoqda.
Geytsning aytishicha, «COVID-19»ning mamlakatlarga yana «qaytmasligi» uchun kafolat bo‘ladi.
Avvalroq, «Microsoft» asoschisi AQSH shu yilning oktabr oyi oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinaga ega bo‘la olmasligini ma’lum qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar