19:09 / 03.10.2020
3 473

Fransiya va Italiyaga «Aleks» dovuli yopirildi: yo‘llar va ko‘priklar yuvilib ketmoqda (video)

Fransiya va Italiyaga «Aleks» dovuli yopirildi: yo‘llar va ko‘priklar yuvilib ketmoqda (video)
Foto: «FR24 News English»
Fransiya janubi-sharqi va Italiyaning tutash hududlariga «Aleks» dovuli yopirildi, buning oqibatida kuchli suv toshqinlari yuzaga keldi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.

Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida Italiyada 1 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi bedarak yo‘qolgan, Fransiyada esa 8 kishi qidirilmoqda.

Fransiya meteoxizmati ayrim tumanlarda 24 soat ichida 450 mm. yog‘in yog‘ib o‘tganini xabar berdi, bu ushbu mavsum uchun to‘rt oylik me’yorga teng ko‘rsatkich. Italiyaning Pemont viloyatida, Shveysariyaga tutash hududda esa 24 soatda 630 mm. yog‘in yog‘ib, favqulodda holatni yuzaga keltirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya va Italiyaga «Aleks» dovuli yopirildi: yo‘llar va ko‘priklar yuvilib ketmoqda (video)