15:43 / 05.10.2020
2 725

«Koronavirus nima ekanini endi bildim» – Tramp virus yuqtirganidan so‘ng ikkinchi marta videomurojaat yo‘lladi

«Koronavirus nima ekanini endi bildim» – Tramp virus yuqtirganidan so‘ng ikkinchi marta videomurojaat yo‘lladi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus yuqtirganidan so‘ng ikkinchi marta videomurojaat yo‘lladi. AQSH yetakchisi murojaatni Tvitterdagi sahifasida e’lon qildi.

«Bu juda qiziqarli tajriba. Koronavirus haqida ko‘p narsa bilib oldim. Uning nima ekanini endi, uni o‘z tanamda his qilgach bildim. Bu shunchaki kitoblarda aytiladigan narsa emas, haqiqiy maktab bo‘ldi. Uning nima ekanini mana endi tushuna boshladim. Bu haqda batafsil aytib beraman.

Shifokorlar, hamshiralar, bu yerda ishlayotgan barchaga rahmat demoqchiman. Mening ko‘chaga, sizning oldingizga chiqishim kutilmagan bo‘lgandir. U yerda mening ismim yozilgan bayroqlarni ko‘rib juda xursand bo‘ldim. Odamlar Amerikani sevishini ko‘rib, bundan ilhomlandim.

Bir narsani yana ta’kidlamoqchiman, men AQSHni va unda bo‘layotgan voqealarni yaxshi ko‘raman, rahmat
», deb yakunlagan murojaatini Tramp.

Bu 2 oktabrda koronavirus yuqtirgani aniq bo‘lgan Trampning ikkinchi videomurojaati bo‘ldi. Birinchi murojaatida Tramp o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgandi. AQSH prezidenti ikkinchi murojaatidan avval kasalxonadan «qochib chiqib», uni qo‘llayotgan tarafdorlari oldiga chiqqan edi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Tramp tarafdorlari oldiga chiqish va davolanishning to‘rt kunida ikki marta videomurojaat yo‘llash orqali o‘zi haqidagi mish-mishlarning oldini olishni ko‘zlagan. Chunki OAVda Trampning ahvoli yomonlashgani haqida xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Masalan, Trampga deksametazon preparati tayinlangani haqidagi xabar bunday mish-mishlarni yanada ko‘paytirdi.

Donald Tramp 2 oktabr kuni o‘zi va rafiqasida koronavirus aniqlanganini xabar qilgandi. U oldinroq o‘zi bilan saylovoldi tashviqot safarida birga bo‘lgan maslahatchisi Houp Hiksda koronavirus aniqlangach, karantinga ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Koronavirus nima ekanini endi bildim» – Tramp virus yuqtirganidan so‘ng ikkinchi marta videomurojaat yo‘lladi