10:40 / 06.10.2020
2 404

«Koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang» – Tramp kasalxonadan chiqdi

«Koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang» –  Tramp kasalxonadan chiqdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp kasalxonadan chiqdi. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi. Prezidentning sahifasida uning Oq uyga vertolyotda qaytgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Tramp vertolyotdan tushib Oq uy ayvoni tomon ko‘tarilgan va niqobini yechib, uning xavfsizligini ta’minlagan askarlarga harbiychasiga minnatdorchilik bildirgan. Bu videodan keyin Trampning sahifasida yana bir videomurojaat paydo bo‘ldi.

«Mening tuzalishimga yordam bergan barcha shifokorlar, hamshiralarga rahmat. Shuni aytmoqchimanki, koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang. Qo‘rqmang, bizda eng yaxshi shifokorlar ishlaydi. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Hatto 20 yil oldingidan ham yaxshiroq.

Men frontga qaytdim. Yana takrorlayman, kasallik sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang, ehtiyot bo‘ling. Vaksina ham asta-sekin yaratiladi. Meni qo‘llaganingiz uchun rahmat
», deb murojaatini yakunalagan Tramp.

Bu AQSH yetakchisining koronavirus yuqtirganidan keyingi uchinchi videomurojaati bo‘ldi. Bungacha u ikki marta Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxonadan murojaat yo‘llagandi. Trampda 2 oktabr kuni koronavirus aniqlangan va u 3 kun davomida kasalxonada bo‘lgach, yana Oq uyga qaytdi. U butkul tuzalgunga qadar shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, Tramp 15 oktabr kuni Jo Bayden bilan bo‘ladigan navbatdagi debatlarda qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang» – Tramp kasalxonadan chiqdi