
Foto: Takvim
Taniqli turk aktyori Nejati Shashmaz 12 yilga qamalishi mumkin. Bu haqda turk ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Qayd etilishicha, aktyorni sobiq rafiqasi Nagehan Shashmaz sudga bergan. Nagehan sobiq erini noqonuniy ravishda uning telefon suhbatlarini tinglaganlik hamda Whatsapp messenjeridagi yozishmalarini o‘qiganlikda ayblamoqda. Nejati ushbu faktlarni ajrashish uchun sabab sifatida sudga taqdim etgan. Istanbul shahri prokuraturasi shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha tergov boshlagan. Tergov natijalari yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi.

Foto: Takvim
Ma’lumot uchun, Nejati Shashmaz Elyazig shahrida voyaga yetib, shu shaharda tahsil olgan. Turkiya va Kanada universitetlarida turizm biznesi va mehmonxona menejmentini o‘rgangan. 1997—2001 yillarda AQSHda yashagan. 2001 yilda Turkiyaga qaytib aktyorlik karerasini boshlagan. 2003—2005 yillarda efirga uzatilgan «Qashqirlar makoni» serialidagi Po‘lat Alamdar obrazi unga mashhurlik olib kelgan.
49 yoshli Nejati Shashmaz 28 yoshli Nagehanga 2012 yilda uylangan. Ularning 7 va uch yoshli ikki o‘g‘il farzandi bor. Juftlik 2019 yilda ajrashgan.
Nejati ShashmazNagehan ShashmazTurk AktyoriSud JarayoniShaxsiy Ma’lumotlarTergov Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar