Foto: AP/TASS
Bishkek komendaturasiga ommaviy va sport tadbirlari, mitinglar, namoyish va piketlar o‘tkazishni taqiqlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat o‘rnatish huquqi berildi.
Qirg‘iziston poytaxtida favqulodda holat joriy etilishi munosabati bilan Bishkekka harbiy bo‘linmalar va texnika kiritiladi. Bu mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmonida ko‘rsatilgan.
Farmonda aytilishicha, qurolli kuchlar bosh shtabiga blok-postlar tashkil qilish, qurolli to‘qnashuvlarning oldini olish, tartib saqlash va aholini himoya qilish maqsadida harbiy texnika bilan ta’minlangan jangovar bo‘linmalarni kiritish topshirig‘i berildi.
Bundan tashqari, Bishkek komendaturasiga ommaviy va sport tadbirlari, mitinglar, namoyish va piketlar o‘tkazishni taqiqlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat o‘rnatish huquqi berildi.
Bishkek hududida aloqadan foydalanishning alohida tartibi joriy etilishi, transport harakati cheklanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Bishkekda favqulodda holat rejimi 21 oktabrgacha joriy etilgan.
5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...