12:23 / 24.10.2020
2 119

Yevropa va AQSH fermalari stressni kamaytirish uchun sigirlarni quchoqlashni taklif qilmoqda (video)

Yevropa va AQSH fermalari stressni kamaytirish uchun sigirlarni quchoqlashni taklif qilmoqda (video)
Foto: Fijnuit
Niderlandiya, Shveysariya va AQSHda koe knuffelen (gollandcha «sigirni quchoqlash») amaliyoti ommalasha boshladi. Esquire’ning yozishiga qaraganda, fermalar sigirlarni quchoqlash uchun mehmonlarni taklif eta boshlagan.

Ma’lum qilinishicha, fermani ekskursiya qilgandan keyin tashrif buyurganlar, 2-3 soat davomida sigirlardan birining oldida dam olishi mumkin. Mutaxassislaring ta’kidlashicha, mazkur uy hayvoni tanasining yuqori harorati, sokin yurak urishi va katta qorni mehmonlarni tinchlantiradi.

Qayd qilinishicha, sigirni quchoqlash kayfiyatni yaxshilaydi, stress gormonini kamaytiradi va organizmdagi «sevgi gormoni» deb ataladigan oksitotsin miqdorini ko‘paytiradi.

Vaqtni bunday o‘tkazish usuli Gollandiya provinsiyalarida bundan o‘n yillar avval paydo bo‘lgan va bugungi kunda odamlarni tabiat va qishloq hayoti bilan yaqinlashtirishga qaratilgan dasturning bir qismi hisoblanadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Applied Animal Behavior Science jurnalida 2007 yilda e’lon qilingan tadqiqotda, bo‘yin va belining ma’lum qismi silanganda sigirlarda ham tinchlanish belgilari aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa va AQSH fermalari stressni kamaytirish uchun sigirlarni quchoqlashni taklif qilmoqda (video)