10:23 / 25.10.2020
2 166

Tramp prezident saylovida muddatidan avval ovoz berdi

Tramp prezident saylovida muddatidan avval ovoz berdi
Foto: REUTERS/Tom Brenner
AQSH prezidenti Donald Tramp Palm-Bich shahrida (Florida shtati) prezident saylovida muddatidan avval ovoz berdi.
"Men Tramp ismli yigitga ovoz berdim. Bu pochta orqali byulleten jo‘natishdan ko‘ra ancha xavfsiz ovoz berish usuli. Hammasi a’lo, qoida bo‘yicha", - dedi u saylov uchastkasini tark etarkan.

Tramp saylov uchastkasi joylashgan kutubxonaga himoya niqobida keldi.

U 2016 yilgi saylovda Nyu-Yorkda ovoz bergandi, ammo bu yil Tramp qayd etilgan yashash joyini o‘zgartirdi – endilikda Nyu-Yorkdagi Trump tower emas, balki Floridadagi Mar-a-Lago qo‘rg‘oni uning yashash joyi hisoblanadi.

United States Elections Project portali hisobiga ko‘ra, bo‘lajak prezident saylovida kamida 50 mln kishi muddatidan avval ovoz berib bo‘ldi.
Prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezident saylovida muddatidan avval ovoz berdi