AQSHning SpaceX kompaniyasi Starlink internet loyihasi doirasida 24 oktabrda Falcon 9 raketasida navbatdagi 60 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi. Bu urinish kompaniyaning loyiha doirasida sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga 15-chiqarishi bo‘ldi.
Raketa Floridadagi kosmodromdan Toshkent vaqti bilan soat 20:31da start olgan. Bir soatdan keyin barcha sun’iy yo‘ldoshlar bir vaqtda orbitaga chiqarilgan.
Kompaniya loyiha doirasida sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga 2019 yil may oyidan chiqarishni boshlagan. Hammasi bo‘lib 12 mingta sun’iy yo‘ldoshni chiqarishga ruxsat olingan.
Ushbu urinishdan keyin kompaniyaning orbitaga chiqargan sun’iy yo‘ldoshlari soni 893taga yetdi, biroq ulardan 49tasi orbitadan chiqarilgan. Kompaniya joriy yil oxirigacha tizimni Kanada va AQSHning shimoliy hududlari uchun ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Sentabr boshida SpaceX tizimni sinovdan o‘tkazgan. Kompaniyada ma’lum qilinishicha, sun’iy yo‘ldoshlar axborotning 100 Mbit/soniyadan yuqoriroq tezlik bilan yuklanishini ta’minlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi