15:53 / 31.10.2020
3 525

Tergov qo‘mitasi koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochdi

Tergov qo‘mitasi koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochdi
Foto: RIA Novosti
Rossiya tergov qo‘mitasi Rostov-Don shahridagi "Covid-19" bilan kasallanganlarni davolayotgan 20-sonli kasalxonada bemorlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «RIA Novosti» Rossiya Tergov qo‘mitasi mintaqaviy boshqarmasi vakili Galina Gagalayeva aytib o‘tdi.

Ayni paytda ushbu ish yuzasidan ikki yoki undan ortiq shaxsning ehtiyotsizligi oqibatida o‘lim yuz bergani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gagalayevaning aytishicha, 11 oktabr kuni 20-sonli kasalxonada koronavirusdan davolanayotgan besh nafar bemor vafot etgan. Hozir tergovchilar ularning o‘limi sabablarini o‘rganishmoqda.

O‘tgan hafta ko‘plab ommaviy axborot vositalarida, kasalxonada bir nechta bemor kislorod yetkazib berishda uzoq vaqt uzilish bo‘lganligi sababli bo‘g‘ilib vafot etgani haqida haqida xabarlar berilgan edi. Shahar rasmiylari ushbu xabarlarni rad etib, kasalxonada favqulodda vaziyat bo‘lmaganligini bildirgandi.

Keyin esa ushbu holat yuzasidan tekshiruvlar boshlandi. Natijada viloyat sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Tatyana Bikovskaya nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan iste’foga chiqdi. Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nadejda Levitskaya esa ishdan bo‘shatildi.

Shuningdek, Kreml ushbu holatga e’tiborni qaratdi, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan bemorlarning o‘limi haqidagi xabarlarni tashvishli deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tergov qo‘mitasi koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochdi