07:00 / 01.11.2020
2 233

Koronavirus va gripp yuqishidagi tafovutlar aniqlandi

Koronavirus va gripp yuqishidagi tafovutlar aniqlandi
Foto: «Anadolu Agency»
Amerikaning «Huffington Post» nashri gripp va COVID-19 tarqalishi o‘rtasidagi farqlarni keltirdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
«Voqealar-super tarqatuvchilar» orqali, ya’ni ko‘p odam bir joyda to‘planganda yuqish — har ikki virus (gripp va kovid) uchun xos. Biroq aholi immuniteti bu virusga hali kuchsiz bo‘lgani uchun odam ko‘p joyda tarqalishda katta ustunlik koronavirus tarafida.

Bundan tashqari, uzoq davom etuvchi inkubatsion davri sababli, koronavirusning simptomli va simptomsiz tarqalishi ikki haftagacha davom etadi. Gripp esa ancha «sodda», yuqqanining uchinchi kuniyoq «isitmasi kasalini oshkor qilib qo‘yadi
», ya’ni simptomlar yuzaga chiqadi.

Koronavirusni yuqtirgan odam virusni ko‘proq odamlarga tarqatadi. Gripp reproduksiyasi indeksi 1 — 1,3 nisbatda bo‘lsa, COVID-19 ni bir odam 10 va undan ortiq sonli insonlarga yuqtiradi. Bunga virusning tabiati emas, balki unga qarshi inson immuniteti hali yetarlicha tayyor emasligi sabab.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda jahonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 45 million kishiga yetdi. Bemorlarning 1,17 millioni (2,6 foizi) vafot etgan. Eng ko‘p kasallar AQSHda — 8,7 million kishi, keyingi o‘rinlarda Hindiston va Braziliya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus va gripp yuqishidagi tafovutlar aniqlandi