16:24 / 01.11.2020
1 845

Avstriyada qaytadan qat’iy karantin joriy etiladi

Avstriyada qaytadan qat’iy karantin joriy etiladi
Foto: «Championat.com»
Avstriya 3 noyabrdan koronavirus pandemiyasi tufayli qat’iy karantinga qaytadi. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs 31 oktabr kuni o‘z Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Mamlakatda komendantlik soati joriy qilinib, u 30 noyabrgacha amal qiladi. Bunda avstriyaliklarga 20:00 dan 6:00 gacha boshqa odamlar bilan uchrashish yoki ularning uylariga borish uchun o‘z uylarini tark etishi taqiqlanadi.

Mahalliy OAVlarning yozishicha, mamlakatda restoran va kafelarga tashrif buyurish ham man qilinadi. U yerlardan yegulik va ichimliklarni faqat uyga olib ketish mumkin. Mehmonxonalarga faqat biznes-mijozlarni qabul qilish ruxsat etiladi. Hayvonot bog‘lari, teatr va muzeylar ham yopiladi.

Ayni vaqtda Avstriyadagi maktablar ishlashda davom etadi, ammo hukumat ular koronavirus tarqalishiga ta’sir qilayotgan-qilmayotganligini tekshirib ko‘radi.

Kursning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora-tadbirlar sog‘liqni saqlash tizimiga bosim ortib ketmasligi uchun kerak.
Avvalroq Angliyada dekabr boshiga qadar lokdaun e’lon qilingan edi.

Shuningdek, Portugaliyada koronavirus bilan kasallanish holati ortgani sabab aholining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi taqiqlandi.
Belarusda esa koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 1 noyabrdan chet elliklarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatga kirishi taqiqlanadi.

Slovakiyada esa aholi COVID-19’ni aniqlash bo‘yicha ommaviy ravishda testdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyada qaytadan qat’iy karantin joriy etiladi