09:40 / 05.11.2020
2 254

Baydenni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabadan 6ta ovoz ajratib turibdi

Baydenni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabadan 6ta ovoz ajratib turibdi
AQSH prezidenti lavozimiga nomzod Jo Baydenga prezident saylovlarida g‘alabaga erishish uchun birgina Nevada shtatida g‘alaba qozonish qoldi. Ayni vaqtda Baydenda saylovchilar hay’atining 264ta ovozi, uning raqibi - amaldagi prezident Donald Trampda esa 214ta ovoz bor. Bunday prognozni Fox News telekanali bermoqda.

Bayden Viskonsin (10ta ovoz) va Michiganda (16ta ovoz) g‘alaba qozongandan keyin u to‘plagan ovozlar soni 264taga yetdi. Endi unga prezident etib saylanishga zarur bo‘lgan 270ta ovoz to‘plash uchun 6ta ovoz olishi qoldi. Aynan shuncha ovozga Nevada shtati ega. Hozircha ushbu shtatda Bayden saylovchilarning 49,3 foiz ovozi bilan yetakchilik qilmoqda, Trampda esa 48,7 foiz ovoz bor. Ayni vaqtda bu yerda 75 foiz byulletenlar hisoblab bo‘lingan.

3ta muhim shtat – Pensilvaniya, Shimoliy Karolina va Jorjiyada hali vaziyat oydinlashmagan. Bu shtatlarda hozircha Tramp ustunlik qilmoqda va ulardagi g‘alaba amaldagi prezidentga umumiy hisobda qo‘shimcha 51ta ovoz beradi. Biroq Trampga saylovlarda g‘alaba qozonish uchun yana 56ta ovoz kerak. Shu tariqa Nevadadagi saylovlar natijalari hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Agar Tramp bu shtatda g‘alaba qozonsa, unda u 271ta ovoz to‘play oladi.

Shuningdek, Arizonada ham vaziyat mavhum bo‘lib turibdi. Bu yerda Bayden 50,7 foiz ovoz bilan ustunlik qilmoqda, Trampda esa 47,9 foiz ovoz bor. Ayni vaqtda bu shtatda hali hamma byulletenlar hisoblab bo‘linmagan (86 foizi hisoblangan). Biroq Fox News ushbu shtatda g‘alabani Baydenga bermoqda. Tramp shtabida esa Arizonada hali hammasi hal bo‘lmagani va g‘alabaga umid borligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baydenni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabadan 6ta ovoz ajratib turibdi