
Foto: Twitter
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi yaqin orada navbatdagi mehmonxonasini ochadi, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.
MIM Hotels tizimiga kiruvchi navbatdagi mehmonxona 4 dekabrda ishga tushadi. Mehmonxona Ispaniyadagi eng yirik tog‘-chang‘i kurorti Bakeyra Beretda joylashgan.
Inshoot tog‘ etagida joylashgan bo‘lib, yonida kanat yo‘li mavjud. To‘rt yulduzlik mehmonxona luks va yarim luks 141 ta xonadan iborat.
Futbolchining boshqa mehmonxonalari Sijes (Kataloniya), Mayorka va Ibitsada joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar