1 804
Rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarilishi kutilayotgan vaksinaning 80 foizdan ortig‘iga buyurtma berib bo‘ldi
Foto: Getty Images
Pfizer farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi potensial vaksinasining 80 foizdan ortiq zaxirasini dunyoning eng boy mamlakatlariga sotib bo‘ldi, bu esa kambag‘al mamlakatlar aholisi hayotini xavf ostiga qo‘yadi, deb yozmoqda The Independent nashri.
Britaniyaning Global Justice Now tashkiloti tahliliga ko‘ra, Pfizer hamda boshqa kompaniyalarning vaksinalariga teng ega bo‘lmaslik "global pandemiya davrida aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sun’iy taqchillikni keltirib chiqaradi va bu ko‘plab insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yadi".
Global Justice Now xodimi Xaydi Chouning so‘zlariga ko‘ra, vaksina sinovi muvaffaqiyatli bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar "insoniyatning bir qismi uchungina yaxshi xabar" hisoblanadi. The Independent nashrining yozishicha, vaksina uchun buyurtma bergan mamlakatlar aholisi yer yuzi aholisining atigi 14 foizini tashkil etadi.
"Biz ko‘plab korxonalar ishlab chiqara olishi uchun vaksina monopoliyasiga barham berishimiz kerak", - degan Chou.
Bill va Melinda Geyts fondi tadqiqotiga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksinaning teng taqsimlanishi koronavirus bilan bog‘liq o‘limlarning 61 foizining oldini oladi. Agarda vaksinani faqat eng boy mamlakatlar oladigan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 33 foizni tashkil etadi.
Amerikaning Pfizer konserni va uning germaniyalik hamkori BioNTech 2021 yilda 1,3 mlrd doza vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH hamda Yevropa ittifoqi mamlakatlari ushbu dozaning katta qismiga avvaldan buyurtma berib bo‘lgan. Masalan, AQSH 600 mln dozagacha vaksinaga ega bo‘lishi mumkin, Buyuk Britaniya 40 mln, Yaponiya – 120 mln, YEI – 300 mln doza vaksinaga buyurtma bergan.
9 noyabr kuni Pfizer va BioNTech hamkorlikda ishlab chiqayotgan vaksinasi sinov vaqtida 90 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi