18:23 / 15.11.2020
2 163

Eronda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yangi cheklovlar kiritiladi

Eronda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yangi cheklovlar kiritiladi
Foto: AP
Eronda 21 noyabrdan koronavirus tarqalishiga qarshi yangi qat’iy cheklovlar kiritiladi. Cheklovlar epidemiya tugaguncha davom etadi, deb ma’lum qildi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy. Eron prezidentining ta’kidlashicha, odamlarning to‘planishi va harakatlanishini minimal darajaga keltirish lozim.

Shu munosabat bilan mamlakat hududlarini koronavirusning tarqalganlik darajasiga ko‘ra uch rang – qizil, zarg‘aldoq va sariq bilan belgilash tizimi ishlab chiqilgan. Vaziyat eng og‘ir bo‘lgan hududlarga qizil rang beriladi.

Qizil rang bilan poytaxt Tehron va yana 100ga yaqin shahar hamda aholi punkti belgilangan. Ushbu hududlarda eng qat’iy choralar kiritiladi. Jumladan, eng muhim faoliyatlardan tashqari barcha faoliyat to‘xtatiladi. Shuningdek, ish joyidagi ishchilar sonini uchdan bir qismgacha qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Zarg‘aldoq rang bilan belgilangan hududlarda (150ga yaqin shahar va okrug) ma’lum turdagi faoliyat taqiqlanadi, jumladan, kafe, universitet, kontaktli sport turlari uchun sportzallar ishi to‘xtatiladi, yig‘ilishlar, diniy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Bu hududlarda ish joylarida ishlovchilar sonini yarmigacha qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Sariq rang bilan belgilanadigan shahar va okruglarda (150dan ko‘proq) ko‘ngilochar, sport va diniy faoliyat to‘xtatiladi. Ish joylarida uchdan ikki qism ishchilarga ishlashga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, “qizil” va “zarg‘aldoq” hududlarda avtomobillarning boshqa shaharlarga qatnovi taqiqlanadi.
Cheklovlarning yengillashtirilishi yoki qat’iylashtirilishi bo‘yicha har 2 haftada qaror qabul qilinadi.

Ayni vaqtda Eronda koronavirusga chalinganlar soni 750 mingga yaqinlashib qoldi, virus qurbonlari soni 41 mingdan oshdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yangi cheklovlar kiritiladi