3 867
Portugaliya qirg‘oqlarida «qotil-kitlar» to‘dasi kemani qurshab olib, ikki soat unga hujum qildi
Foto: News Break
Olti yoki yetti kosatkadan iborat to‘da Portugaliya qirg‘oqlari yaqinidagi kemani qurshab olib, unga ikki soat davomida hujum uyushtirgan, deb xabar beradi Newsweek.
Oktabr oyida britaniyalik yaxtsmen Devid Smit kemani Fransiyadan Gibraltarga olib kelmoqchi bo‘lgan. Portugaliya qirg‘oqlaridan 30 kilometr narida 13 metrli yaxta oldiga olti yoki yettita kosatka (qotil-kitlar nomi bilan ham mashhur) suzib kelib, kemani qurshab olgan.
«Meni qo‘rqitish oson emas, lekin bu chindan qo‘rqinchli edi. Asosan yosh kosatkalar — eng kichkinalari faol edi. Rul chambaragi har to‘qnashuvda juda tez aylanardi», — deydi Smit.
Jamoa sun’iy yo‘ldosh telefoni orqali portugal qirg‘oq qo‘riqchilari bilan bog‘langan va sodir bo‘layotgan voqeani ma’lum qilgan. Ularga motorni o‘chirib, yelkanlarni tushirishni tavsiya qilishgan.
Yaxtsmen o‘sha vaqtda, ayniqsa, kosatkalar rul balleri nomli kema qismini siljitib yuborishidan xavotirga tushgan. «Agarda u siljib qolganida, bizni haqiqiy muammolar kutib turardi. Men portugal qirg‘oq qo‘riqchilaridan bizni evakuatsiya qilish uchun vertolyot jo‘natishlarini so‘rashga tayyor edim», — deydi u.
Oradan taxminan ikki soatlar o‘tgach, kosatkalar kutilmaganda suzib ketgan.
Ushbu ko‘ngilsiz hodisa — so‘nggi yarim yilda kemalar va kosatkalar o‘rtasidagi 40 ga yaqin sirli «uchrashuv»ning biri hisoblanadi. Okeanologlar hamon kosatkalar kemalarga nima sababdan hujum uyushtirayotganini aniqlashga urinmoqda — bunga qadar bu kabi holatlar juda kam uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi