18:38 / 19.11.2020
2 928

Jorj Kluni do‘stlariga minnatdorchilik sifatida 14 million dollar tarqatdi

Jorj Kluni do‘stlariga minnatdorchilik sifatida 14 million dollar tarqatdi
Foto: Getty Images
Aktyor Jorj Kluni bundan 7 yil avval 14 nafar eng yaqin do‘stiga million dollardan pul bergani haqida so‘zlab berdi. «Korrespondent.net»ning xabar berishicha, aktyor 2017 yilda bo‘lgan voqeaga GQ jurnali uchun bergan intervyusida izoh berib o‘tgan.

Klunining aytishicha, hammasi 2013 yilda bo‘lajak rafiqasi Amalni endigina uchratganida sodir bo‘lgan.
«Men bo‘ydoq edim. Yoshim 52 yoki shuning atrofida bo‘lgan. Do‘stlarimning aksariyati mendan katta», — degan Jorj.

Aktyorning xayoliga do‘stlari unga butun karerasi davomida yordam bergani haqidagi fikr kelib qolgan. U qiyinchilik vaqtida do‘stlarining uyida tunagani, moliyaviy yordam olganini, ular ko‘p yillar davomida ko‘mak bergani, shuningdek, uning o‘zi ham bunga javoban yordam berganini, do‘stlari bilan yaqin ekanini ta’kidlagan.

Xayoliga avtobus urib olishi, vasiyat va do‘stlari haqidagi fikrlar kela boshlagach, avtobus urishini kutib o‘tirmasdan harakat qilishga kirishgan. 14 ta Tumi sumkasini xarid qilib ularning har biriga 1 million dollardan solib chiqqan. Ertasi kuni do‘stlari bilan ko‘rishib ularga pullarni berib yuborgan.

«Men ular sabab ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan yerlarni xaritadan ko‘rsatdim va ‘shunday odamlarga qanday qilib minnatdorchilik bildirasiz’, dedim hamda ‘million dollarga tobingiz qalay’, deb savol berdim», — degan Kluni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jorj Kluni do‘stlariga minnatdorchilik sifatida 14 million dollar tarqatdi