Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatidagi asosiy tayinlovlar to‘g‘risida ma’lum qildi.
"Bugun saylangan prezident Jo Bayden tashqi siyosat va milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoa a’zolarini, xususan, Entoni Blinkenni davlat departamenti rahbarligiga ko‘rsatdi", - deyiladi Bayden jamoasi bayonotida.
Bayonotga ko‘ra, Bayden Jeyk Sallivanni prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Evril Haynsni milliy razvedka direktori etib tayinlamoqchi.
AQSH davlat kotibining ichki xavfsizlik bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Alexandro Mayorkas ichki xavfsizlik vaziri, davlat kotibining Afrika bo‘yicha sobiq yordamchisi Linda Tomas-Grinfild AQSHning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, sobiq davlat kotibi Jon Kerri prezidentning iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili bo‘ladi.
Bayden ushbu tayinlovlar haqida seshanba kuni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Avvalroq The Hill nashri Bayden Blinkenni davlat kotibi lavozimiga tayinlamoqchi ekanligi to‘g‘risida yozgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?