15:30 / 27.11.2020
3 341

Tramp Oq uyni qachon tark etishini ma’lum qildi

Tramp Oq uyni qachon tark etishini ma’lum qildi
Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Donald Tramp raqibi, Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden saylovchilar (saylov hay’ati a’zolari)ning ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritsa, Oq uyni tark etishini ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

Ayni vaqtda Tramp, uning fikricha, saylovlar qalbakilashtirilganini yana bir marta ta’kidladi va saylov hay’ati a’zolarining Baydenga ovoz berishi katta xato bo‘lishini aytdi.

Prezident saylovlaridan keyin ovozlarni hisoblash jarayoni rasman davom etmoqda, ammo Amerikaning yetakchi OAVlari allaqachon Baydenni g‘olib deb e’lon qildi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, u saylov hay’ati a’zolarining 306 ta ovozini (g‘olib bo‘lish uchun kamida 270 ta ovoz kerak), Tramp esa 232 ta ovozini qo‘lga kiritgan.

Saylovchilar hay’ati majlisi 14 dekabrga belgilangan, unda AQSH prezidenti rasman saylanadi. Inauguratsiya 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Donald Tramp ma’muriyati Jo Baydenga hokimiyatni topshirishga tayyorligini bildirgan edi. Shundan keyin Bayden o‘z ma’muriyatining asosiy a’zolarini shaxsan tanishtirdi. Shuningdek, demokrat Jozef Baydenga razvedka tomonidan davlat rahbari uchun tayyorlanadigan kunlik maxfiy hisobotlarni taqdim etishga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovi 2020 yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ovozlar bir necha kun davomida hisoblab chiqildi, 7 noyabr kuni AQSHning yirik OAVlari saylovda Bayden g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Donald Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmadi va saylov bo‘yicha sudga murojaat qilishini bildirdi. U saylovlar qonunbuzarliklar bilan o‘tgan degan fikrda, shuningdek, saylovlarda mamlakat konstitutsiyasi buzilganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Oq uyni qachon tark etishini ma’lum qildi