Foto: «Domashniy ochag»
Wild Bird xayriya fondining sobiq menejeri Eriel Kordova-Roxas o‘zining 30 yoshini Jamaika Bay Wildlife qo‘riqxonasida nishonlashga qaror qildi. U rang-barang tabiat va qushlarni tomosha qilishdan zavqlanishni rejalashtirgan edi, ammo Eriel tasodifan kasal oqqushga duch kelganidan so‘ng barchasi o‘zgardi. Ayol qushni bu holda tashlab ketolmadi. Uni tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qildi va qush u taxmin qilganidek oyoqda turolmaydigan bo‘lib chiqdi.
Eriel o‘ylab ham o‘tirmasdan 8 kilogrammli oqqushni qo‘liga oldi. Unga yordam berishi uchun esa shu og‘irlik bilan 2 kilometr bosib o‘tishi kerak edi. Eriel avtoturargohga yetib borganida begona haydovchi uni eng yaqin metro stansiyasiga olib borishga rozi bo‘ldi.
![]()
Foto: «Domashniy ochag»
Bir necha soatdan so‘ng Eriel oqqush bilan shifokorga yetib bordi. Unga infeksiya va zaharlanish tashxisi qo‘yildi. Veterinarning so‘zlariga ko‘ra, Eriel vaqtida qushni olib kelmaganida, u vafot etishi ham mumkin edi.
![]()
Foto: «Domashniy ochag»
Oqqushga Bey deb ism berildi va u hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Davolanish kursi va karantindan so‘ng oqqush umumiy hovuzga qo‘yib yuboriladi, u allaqachon o‘ziga do‘stlar topib ulgurgan.
![]()
Foto: «Domashniy ochag»
«Men oqqushni shifoxonaga olib kelganimda u o‘rnidan turolmasdi. U juda zaif va ozg‘in edi», − eslaydi qiz. – Endi esa u dumini silkitib, ahvoli yaxshi ekanligini ko‘rsatmoqda».
Eriel tug‘ilgan kunini shu tarzda nishonlashni rejalashtirmagan edi. Lekin u qilgan ishidan xursand. Hayvonlarga yordam berish uning hayotida azaldan bo‘lgan. Beyning tasodifan topib olinishi esa u uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yigit vafot etgan otasining yonida uylanishga qaror qildi

Ona qizining oʻlimidan keyin oʻnlab litr koʻkrak sutini ehson qildi

Chimkentda 13 yashar o‘smir olov ichida qolgan uydan 2 bolani olib chiqdi

Tramp o‘z tug‘ilgan kunida ishlamaslikka qaror qildi

Kelin to‘yiga yetib borish uchun avtobusni o‘zi boshqardi (video)

Amerikalik fuqaro o‘z uyini mushukxonaga aylantirdi