Foto: «Riafan.ru»
Shimoliy Koreya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklov qoidalarini buzganligi uchun jazo tariqasida fuqaroni omma oldida qatl etdi. Bu haqda «Radio Free Asia» o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«Noyabr oyi oxiridan Koreya ishchilar partiyasi markaziy qo‘mitasi favqulodda karantin choralarini «ultra yuqori darajadagi favqulodda karantin choralari»ga almashtirdi», — dedi Xitoy bilan chegaradosh Shimoliy Pyongan viloyatida (Pxyonan-Pukto) istiqomat qiluvchi fuqaro.
«Ular chegara hududida yashaydigan mahalliy aholini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida odamlar ko‘z o‘ngida jinoyatchini qatl etishdi. Chunki chegaraning narigi tomonidagi odamlar bilan juda ko‘p aloqalar bo‘lgan, jumladan, ko‘plab kontrabandalarga yo‘l qo‘yilgan», — deyiladi xabarda.
O‘limga hukm qilingan odam xitoylik biznes hamkorlari bilan chegara orqali kontrabanda qilishda ayblangan 50 yoshlardagi erkak edi.
Xitoy Shimoliy Koreyaning eng yirik savdo hamkori va homiysi hisoblanadi. Lekin pandemiya tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq 75 foizga qisqardi. Kontrabandachilar virusni olib kirishi mumkinligidan xavotirlanayotgan KXDR rasmiylari cheklovlarga amal qilishni ta’minlash uchun chegaradagi harbiylar sonini kuchaytirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi