12:35 / 06.12.2020
2 541

AQSh Kongressi marixuanani butun mamlakat bo‘yicha qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi

AQSh Kongressi marixuanani butun mamlakat bo‘yicha qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi
Foto: The New York Times
AQSh Kongressining vakillar palatasi marixuanani federal darajada qonuniylashtirish uchun ovoz berdi, deb yozadi Meduza. Ovoz berish natijalari palata saytida e’lon qilindi.

Vice nashri aniqlik kiritishicha, senat qonun loyihasini ma’qullamasligi kutilmoqda. Nashr vakillar palatasidagi ovoz berish yakunlarini «tarixiy ramziy fursat» deb atamoqda.

Qonun loyihasi shu jumladan, marixuana aylanmasiga bog‘liq ishlar bo‘yicha federal sudlar tomonidan chiqarilgan hukmlarning bekor qilinishini ham nazarda tutadi. Shuningdek, u kannabis savdosi uchun soliq belgilaydi.

2020 yilning dekabriga kelib, Amerikaning 36 ta shtatida marixuanadan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat berildi. Yana 15 ta shtatda kannabis qonuniylashtirilgan, ammo AQSh federal qonunchiligiga ko‘ra, u nazorat qilinuvchi moddalar ro‘yxatida qolmoqda. Shu sababli, shtat darajasida tegishli qonunlar bo‘lmagan joylarda marixuanadan foydalanish hamon noqonuniy bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq BMTning Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyasi tibbiyot marixuanasi hamda uning hosilasini dunyodagi eng xavfli giyohvand moddalar toifasidan chiqarib tashlash bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni AQShda mamlakat prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tdi, shuningdek, vakillar palatasi va senatning uchdan bir qismi saylovlari ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, ko‘pchilik shtatlarda shtat bayrog‘idan tortib, gallyutsinogen (gallyutsinatsiya chaqiruvchi) qo‘ziqorinlargacha bo‘lgan ko‘plab masalalar bo‘yicha mahalliy ovoz berish va referendumlar bo‘lib o‘tdi.

Arizonada marixuanani rekreatsion maqsadlarda (tibbiy bo‘lmagan maqsadda, rohat olish maqsadida) iste’mol qilish qonuniylashtirildi. Uni 21 yoshdan oshganlar qabul qilishi va saqlashi mumkin. Bir kishi ko‘pi bilan oltita kannabis o‘simligini yetishtirishi va 1 unsiyagacha (28,3 gramm) marixuana saqlashi mumkin.

Bunday jinoyatlar uchun muqaddam sudlanganlar sud arxivlaridan bu haqdagi qaydlarni o‘chirib tashlashni talab qila oladi. Arizona kattalarning qonuniy tarzda marixuana iste’mol qilishiga ruxsat berilgan 13-shtat bo‘ldi. Xuddi shunday tashabbus 3 noyabr kuni Janubiy Dakota, Montana va Nyu-Jersida ham ma’qullandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Kongressi marixuanani butun mamlakat bo‘yicha qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi