12:12 / 07.12.2020
3 582

Uchuvchilar dunyodagi ulkan aysberg va uning shiddat bilan parchalanayotganini suratga oldi

Uchuvchilar dunyodagi ulkan aysberg va uning shiddat bilan parchalanayotganini suratga oldi
A68a aysbergi, 2020 yil, 4 dekabr.
Foto: RAF Photographer

Buyuk Britaniya qirollik havo kuchlariga tegishli samolyot Janubiy Atlantika okeanidan oqib ketayotgan dunyodagi eng katta aysbergni suratga oldi, deb yozmoqda Meduza. A68a deb nomlangan ushbu aysberg 2017 yil iyul oyida Antarktida shelf muzliklaridan ajralib chiqqan.

O‘sha vaqtda uning maydoni 6 ming kvadrat kilometrga teng edi. Vaqt o‘tishi bilan A68a mutaxassislarni hayron qoldirib, bir necha qismlarga bo‘linib ketmadi, faqat o‘z vaznini biroz yo‘qotdi, xolos. Hozirda uning maydoni 4,2 ming kvadrat kilometrga teng.

Hozirda A68a atrofi muz bo‘laklari bilan o‘ralgan.
Foto: RAF Photographer

Biroq yangi suratlardan ko‘rinishicha, aysberg tezlik bilan parchalanmoqda. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar ham so‘nggi haftalarda uning qirralari qisman qulaganini ko‘rsatgan. A68a’da ko‘plab parchalar va yoriqlar ko‘ringan, uning atrofida muz bo‘laklari bor, vaterliniyalar ostida butun boshli tunnellar o‘tgan. Aysbergning ayrim ajralgan qismlari shu qadar kattaki, kemalarga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli olimlardan ko‘proq e’tibor talab qiladi.

Foto: RAF Photographer

Aysberg ostidagi tunnel
Foto: RAF Photographer

A68a’ni kuzatish hamon davom etmoqda. Kelasi hafta va oyda aysberg o‘zini qanday tutishini tushunish uchun yangi fotosurat va videolar tahlil qilinadi. Hozir u Buyuk Britaniyaning Janubiy Jorjiya dengizorti hududidan 200 kilometr uzoqlikda unga qarab harakat qilmoqda. A68a orol yaqinidagi sayoz suvli joyda tiqilib qolish ehtimoli mavjud. Agar shunday bo‘lsa, u yerda yashovchi dengiz mushugi va pingvinlar oziqlanishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchuvchilar dunyodagi ulkan aysberg va uning shiddat bilan parchalanayotganini suratga oldi