13:21 / 07.12.2020
3 373

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi ikkita komponentining maksimal narxi ma’lum qilindi

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi ikkita komponentining maksimal narxi ma’lum qilindi
Rossiyada «Sputnik V» vaksinasining maksimal narxi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vaksinaning ikki komponenti maksimal narxi 1942 rublni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsovga tayanib, «Interfaks» ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 5 ta ikki komponentli to‘plamning narxi 9710 rubl miqdorida ro‘yxatdan o‘tgan. Kuznetsovning ta’kidlashicha, Rossiya fuqarolarini emlash bepul va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqilgan va «Sputnik V» deb nomlangan birinchi rus vaksinasi 11 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirda u Moskvada sinov bosqichini o‘tkazmoqda, unda 40 ming kishi ishtirok etadi. Guruhning yarmi allaqachon emlangan.

Bunga parallel ravishda vaksina bilan xavf guruhlarini – shifokorlar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilarni emlash boshlangan. Shuningdek, armiyada emlash boshlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi ikkita komponentining maksimal narxi ma’lum qilindi