Foto: «Africa.zen.yandex.com»
Pokiston prezidenti Arif Alvi nomusga tegishga qarshi farmonni ma’qulladi. Unga ko‘ra zo‘rlash bo‘yicha sud ishi tez hal etiladi va jinoyatchilarni kimyoviy axtalashga ruxsat beriladi, deb yozadi mahalliy «Dawn» gazetasi.
OAVning ma’lum qilishicha, jinoyatchilarni axtalash ularning roziligisiz amalga oshiriladi. Bordi-yu, rad etadigan bo‘lishsa, o‘lim jazosi, umrbod qamoq yoki 25 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.
Nashrning yozishicha, mamlakat bo‘ylab ayollar va bolalarni zo‘rlash bo‘yicha sud ishlarini tezlashtirish uchun maxsus sudlar tashkil etiladi. Sudlardan bunday ishlarni to‘rt oy ichida ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish talab etiladi.
Farmonda, shuningdek, jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish ko‘zda tutilgan. Jabrlanuvchilarning ma’lumotlarini oshkor qilish taqiqlanadi va bu jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday ishlarni tekshirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan politsiya va amaldorlar uch yilga ozodlikdan mahrum qilinib, jarimaga tortiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi