Olimlar koronavirus qishda tezroq tarqalishi sababini aniqladi

1 daqiqa o'qish2.7K
Olimlar koronavirus qishda tezroq tarqalishi sababini aniqladi
Foto:«Getty Images»
AQSHning nufuzli Harvard universiteti olimlari COVID-19 infeksiyasining sovuq mavsumda nega tez tarqalishi sababini o‘rganib chiqdi. Mutaxassislarning bu boradagi xulosalari Proceedings of the National Academy of Sciences ilmiy jurnalida chop etildi.

Qayd etilishicha, koronavirusning yoyilishi ultrabinafsha nurlar miqdoriga bog‘liqdir. Qishda ushbu nurlar kamaygan paytda virus ham boshqa fasllarga qaraganda shiddatliroq tarqaladi.

Mutaxassislar 170 dan ortiq mamlakat, 3000 ga yaqin mintaqadagi iqlim o‘zgarishi va COVID-19 tarqalishi ko‘rsatkichlarini qiyoslab-solishtirib chiqdilar. Bu borada aniq xulosaga kelish uchun quyosh nuri, havo harorati, namlik, yog‘ingarchilik kabi tabiiy omillarni sinchkovlik bilan o‘rganish talab etildi. Tadqiqot jarayonida ultrabinafsha nurlar ta’siri oshgan hududlarda virus tarqalishi susaygani aniqlandi. Masalan, shimoliy yarimsharda ultrabinafsha omili natijasida COVID-19 tarqalishi 7 foizgacha kamaygan.

Ammo olimlar ultrabinafsha nurlar koronavirusga qay tariqa ta’sir etishini hozircha aniqlaganicha yo‘q. Ehtimol, mazkur nurlar inson tanasida D vitamini ishlab chiqarilishini faollashtirib, immun tizimini kuchaytirishga xizmat qilar...

Harvard universiteti olimlariga ko‘ra, ular aniqlagan jihat koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq o‘nlab omillarning biri, xolos. Ta’kidlanishicha, o‘zaro ijtimoiy masofa saqlash, tibbiy niqob taqish kabi ehtiyot choralar ko‘rilmas ekan, ultrabinafsha nurlar ham virus xataridan saqlab qola olmaydi.

Ayni choqda, AQSHlik olimlar ushbu ilmiy yangilik virusga qarshi kurashda samarali usullarni ishlab chiqishda asqotishiga umid qilmoqda.

Keyingi paytlarda COVID-19 infeksiyasi sayyoramiz bo‘ylab favqulodda shiddat bilan tarqalmoqda. Worldometers.info ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 75 million kishiga yaqinlashdi, undan vafot etganlar esa qariyb 1 mln 660 ming kishini tashkil etmoqda. AQSH (17,4 mln kishi), Hindiston (qariyb 10 mln kishi) va Braziliya (7 mln 43 ming kishi) ushbu ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan mamlakatlar bo‘lib qolmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?