20:25 / 22.12.2020
2 384

Trampning tarafdorlari 20 yanvar kuni uning «ikkinchi inauguratsiyasi»ni o‘tkazishni rejalashtirdi

Trampning tarafdorlari 20 yanvar kuni uning «ikkinchi inauguratsiyasi»ni o‘tkazishni rejalashtirdi
Foto: Getty Images
Amaldagi AQSH prezidenti Donald Trampning tarafdorlari Facebook’da «Donald Trampning ikkinchi inauguratsiyasi» deb nomlangan guruh tuzib, Amerika yetakchisining vakolatlari muddati tugaydigan 2021 yil 20 yanvar kuni uning onlayn inauguratsiyasini o‘tkazmoqchi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Trampning o‘z lavozimiga kirishish marosimiga tashrif buyurish istagini 62 ming kishi bildirdi, yana 263 ming kishi tadbirga qiziqish bildirgan.

2021 yil 20 yanvar kuni saylangan davlat rahbari demokrat Jo Bayden o‘z lavozimiga kirishishi kerak. Dekabr o‘rtalarida saylovchilar hay’ati Trampning saylovdagi bosh raqibini Amerikaning 46-prezidenti deb e’lon qildi. Bayden saylovchilar hay’ati a’zolarining 300 dan ortiq ovozini, amaldagi prezident esa 230 dan ziyodroq ovozni qo‘lga kiritdi. Baydenning inauguratsiyasi an’anaga ko‘ra Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

Amaldagi Amerika yetakchisi o‘z raqibining g‘alabasini tan olishdan bosh tortib, hamon saylov natijalari yuzasidan sudlarda da’volashishga urinmoqda. CNN o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Tramp «chuqur e’tiroz» lahzalarida jazavaga tushib, Baydenning inauguratsiyasi kuni Oq uyni tark etmasligini aytmoqda.

Bayden esa o‘z raqibini ba’zi shtatlardagi saylov yakunlarini sud orqali bekor qilishga urinib, bu bilan xalq xohishiga hurmatsizlik ko‘rsatayotganlikda aybladi.

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp 20 yanvar — Bayden prezident lavozimiga kirishadigan kuni Oq uyni vertolyotda tark etib, so‘ng Air Force One (AQSHda bortida davlat rahbari bo‘lgan har qanday samolyot shunday ataladi) samolyotida Floridaga jo‘nab ketishni va u yerda Baydenga qarshi mitingda nutq so‘zlashni mo‘ljallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning tarafdorlari 20 yanvar kuni uning «ikkinchi inauguratsiyasi»ni o‘tkazishni rejalashtirdi