Foto: «Pixabay.com»
Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi Sara Gove koronavirus bilan kasallangandan so‘ng g‘alati asoratlardan shikoyat qila boshlagan. Uning «Daily Record»ga ma’lum qilishicha, endi u yoqtirgan taomining aynigan hidi va ta’mini his qilmoqda — ular go‘yoki chirib qolgandek tuyulmoqda.
Bundan tashqari, britaniyalik ayolning so‘zlariga ko‘ra, go‘sht endi sovun ta’miga o‘xshab qolgan, qahva hidi esa tamaki tutunini eslatadi. Yangi tayyorlangan taomlardan eskirgan suvning mazasi kelmoqda.
Ayol koronavirusning shunga o‘xshash asoratlaridan qiynalayotganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda maxsus guruh tashkil etdi. Shu paytgacha unga butun dunyodan 4 mingdan ortiq foydalanuvchi qo‘shildi.
«Worldometers» hisob-kitoblariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 2,382,865 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 71,567 nafari vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi