08:38 / 30.12.2020
2 380

Britaniyalik ayol koronavirusning g‘alati asoratlarini ma’lum qildi

Britaniyalik ayol koronavirusning g‘alati asoratlarini ma’lum qildi
Foto: «Pixabay.com»
Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi Sara Gove koronavirus bilan kasallangandan so‘ng g‘alati asoratlardan shikoyat qila boshlagan. Uning «Daily Record»ga ma’lum qilishicha, endi u yoqtirgan taomining aynigan hidi va ta’mini his qilmoqda — ular go‘yoki chirib qolgandek tuyulmoqda.

Bundan tashqari, britaniyalik ayolning so‘zlariga ko‘ra, go‘sht endi sovun ta’miga o‘xshab qolgan, qahva hidi esa tamaki tutunini eslatadi. Yangi tayyorlangan taomlardan eskirgan suvning mazasi kelmoqda.

Ayol koronavirusning shunga o‘xshash asoratlaridan qiynalayotganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda maxsus guruh tashkil etdi. Shu paytgacha unga butun dunyodan 4 mingdan ortiq foydalanuvchi qo‘shildi.

«Worldometers» hisob-kitoblariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 2,382,865 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 71,567 nafari vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik ayol koronavirusning g‘alati asoratlarini ma’lum qildi