17:00 / 07.01.2021
3 976

Harakatlanib ketayotgan avtomobil oynasi orqali salonga kirishga urinayotgan ilon (video)

Harakatlanib ketayotgan avtomobil oynasi orqali salonga kirishga urinayotgan ilon (video)
Foto: Facebook / @RachaelPage
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida ulkan ilon harakatlanayotgan avtomobilning oynasi orqali uning ichiga kirib olishga urindi, deb yozadi Daily Mail.

Reychel Peyj do‘sti Kayl Velloy bilan shtatning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab sayohat uyushtirgan. Straud shahriga eltuvchi yo‘lda u yurib ketayotgan mashinaning yopiq oynasi orqali salonga kirishga uringan ilonni videoga olgan.

«Ana bo‘lmasam! Nima qilishimiz kerak!», — deya baqirgan Kayl.

Juftlik ilonni quvib yuborish uchun mashinani to‘xtatgan. Video Kayl eshikni ochishga uringani, biroq ilon hamon oynada turgan tasvirlangan vaqtda uzilgan. Keyinroq Reychel ular ilonni ushlab, yaqin atrofdagi irmoq oldiga qo‘yib yuborganini ma’lum qilgan.

Video ostiga izoh qoldirgan foydalanuvchilar yonidagi oynada ilonni ko‘rib qolishganida mashinani daraxtga borib urgan bo‘lishlarini tan olgan. Boshqalar esa bu mashinaga boshqa hech qachon o‘tirmagan bo‘lishlarini ta’kidlagan. Ayrimlar esa jonzot shunchaki boshqa shaharga yetib olish uchun transport vositasidan foydalangan, deb hazillashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harakatlanib ketayotgan avtomobil oynasi orqali salonga kirishga urinayotgan ilon (video)