Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Donald Tramp prezidentligi vaqtida tuzilgan bitimlar tekshirilib chiqqunga qadar Saudiya Arabistoni va BAAga qurol sotishni to‘xtatdi. Bu haqda rasmiy shaxslarga tayanib The Wall Street Journal (WSJ) nashri xabar berdi.
Gap Saudiya Arabistoniga yuqori aniqlikdagi qurol va BAAga F-35 qiruvchi samolyotlari sotish haqida bormoqda.
Hozirda Bayden ma’muriyati Donald Tramp prezidentligi vaqtida tuzilgan ko‘p milliard dollarlik bitimlarni tekshirmoqda. Vashington BAA va Isroil o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishi haqida kelishuv imzolangandan keyin Abu-Dabiga F-35’larni sotishga rozi bo‘lgan. AQSHning yangi ma’muriyati esa ushbu qurol Yamanda qo‘llanmasligiga ishonch hosil qilmoqchi.
Reuters axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH BAAga 50ta qiruvchi samolyot va 18ta dron yetkazib berishi kerak. Ushbu bitim Bayden prezident lavozimiga kirishishiga bir soat qolganda imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi