Foto: «RIA Novosti»
2020 yilda Rossiya aholisi 510,5 ming kishiga kamaydi, bu 2005 yildan buyon eng keskin pasayish bo‘ldi, deb yozadi «Interfaks».
2021 yil 1 yanvar holatiga, «Rosstat» ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 146,2 million kishi yashagan. 2020 yil 1 yanvar holatiga aholi soni 146,7 million kishini tashkil qilgan.
Bu 2014 yil boshidan buyon qayd etilgan aholining eng kam sonidir, o‘shanda aholi 143,7 million kishiga teng bo‘lgan.
«RBK» qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 epidemiyasi fonida Rossiyada o‘lim darajasi 2020 yilning 10 oyi ichida 2010 yildan buyon kuzatilgan maksimal darajaga yetdi: har o‘n ming aholiga 113,2 kishi. 2019 yilgi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, o‘sish 10 foiz.
Shu bilan bir vaqtda Rossiyada tug‘ilish darajasi ham pasaydi: 2020 yilning yanvar noyabrida tug‘ilganlar soni 2019 yilning shu davriga qaraganda 4,4 foizga kamroq bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi