Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Jo Bayden 1 fevral, dushanba kuni mamlakatning tashqi siyosatda tutgan yo‘li borasidagi rejalarni e’lon qiladi. Bu haqda NBC News davlat rahbari ma’muriyatidagi yuqori mansabli manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi «RBK».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden «AQSHning dunyodagi o‘rnini qayta tiklash»ga qaratilgan tashqi siyosat bo‘yicha niyatlarini ma’lum qiladi. Mansabdorning aytishicha, bu Baydenning lavozimiga kirishganidan keyingi birinchi muhim siyosiy murojaati bo‘ladi va u Davlat departamentiga rejalashtirilgan tashrif chog‘ida e’lon qilinishi mumkin. U yerda prezident davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi, shuningdek, idora xodimlari bilan suhbatlashmoqchi.
Telekanal manbalari ma’lum qilishicha, Bayden Davlat departamentida bo‘lgan payti AQSHning dunyo maydonidagi hodisalarga nisbatan yangicha yondashuvini namoyish qilishga intilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator farmoyishlarni imzolashi kutilmoqda. Shunday hujjatlarning biriga muvofiq, AQSHning avvalgi ma’muriyati tomonidan oilalaridan ajratilgan muhojirlarni yana oilalari bilan birlashtirish bilan shug‘ullanuvchi butun bir guruhni shakllantirish rejalashtirilmoqda.
Bayden 20 yanvar kuni AQSH prezidenti lavozimiga kirishdi. O‘sha vaqtdan buyon u Donald Trampning bir nechta buyruqlarini bekor qilishga ulgurdi. Xususan, Bayden AQSHni iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytardi, mamlakatning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishini bekor qildi, Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatdi, AQSHga ba’zi nochor mamlakatlar fuqarolarining kirishiga ruxsat berdi va Kanadadan AQSHga keladigan neft quvuri qurilishi uchun berilgan ruxsatni bekor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Trampning tarafdorlari 20 yanvar kuni uning «ikkinchi inauguratsiyasi»ni o‘tkazishni rejalashtirdi

Bayden o‘z ma’muriyatidagi asosiy lavozimlarga nomzodlarni ma’lum qildi

Bayden AQSHning dunyo oldidagi hurmatini qaytarishga va’da berdi

Bayden Trampning bir qator qarorlarini bekor qilmoqchi

AQSHning yirik nashrlari Baydenning saylovdagi g‘alabasini e’lon qildi

Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi