09:10 / 01.02.2021
1 688

Tramp Floridadagi qarorgohidan majburan chiqarib yuborilishi mumkin

Tramp Floridadagi qarorgohidan majburan chiqarib yuborilishi mumkin
Foto: New York Daily News
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohidan majburan chiqarib yuborilishi mumkin. Chunki bino turar joy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Bu haqda 30 yanvar, shanba kuni CNN’ga tayanib «Korrespondenet.net» xabar berdi.

Ma’lumki, sobiq davlat rahbari ko‘chmas mulkni 1985 yilda Marjori Merriuezerdan sotib olgan. Keyinchalik Tramp uni xususiy golf-klubga aylantirgan. Aynan shu holat Trampga u yerda doimiy yashab qolish huquqini bermaydi.

«Mar-a-Lagoni Trampning doimiy qarorgohi yoki ofisi sifatida qo‘llanishi Palm-Bich shahri ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va bu bo‘yicha qaror shahar kengashining 9 fevralda o‘tadigan yig‘ilishida muhokama qilinadi», — degan Palm-Bich shahar menejeri Krik Bluen.

O‘z vaqtida Tramp shaxsiy qarorgohini golf-klub sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazganida shahar hokimiyati bilan Mar-a-Lagoda cheklangan vaqt davomida bo‘lishga kelishib olgan. Tramp bir yilda ko‘pi bilan 21 kun yashash tartibiga rioya qilishga rozi bo‘lgan. Xususiy qarorgohni daromad keltiradigan biznesga aylantirish uchun Tramp boshqa cheklovlarga ham rozi bo‘lishga majbur edi. Masalan, ushbu golf-klubning 500 nafardan ortiq a’zolari bo‘lmasligi, klub a’zolari, shu jumladan, Tramp Mar-a-Lagoda uzluksiz 7 kun yoki yiliga 3 haftadan ko‘p qolmasligi kerakligi belgilangan.

Biroq Tramp prezidentlik davridayoq Mar-a-Lagoda ko‘proq qolib, belgilangan tartibni buzgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Floridadagi ushbu zamonaviy kurort aholisi Tramp Oq uyni tark etganidan keyin klubni o‘zining doimiy uyiga aylantirishini istamaydi. O‘z navbatida, Trump Organization kompaniyasi sobiq prezidentga Mar-a-Lagodan o‘z qarorgohi sifatida foydalanishni taqiqlovchi birorta hujjat yoki kelishuv yo‘qligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Floridadagi qarorgohidan majburan chiqarib yuborilishi mumkin