Foto: Legion Media
Ilon Mask asos solgan Neuralink neyrotexnologik kompaniyasi maymunga videoo‘yinlarni o‘ynash imkonini beradigan chipni uning miyasiga muvaffaqiyatli o‘rnatdi, deb xabar beradi Bloomberg.
«Bizda chanog‘iga mayda simlarga ega simsiz implant o‘rnatilgan va o‘z aqli yordamida videoo‘yin o‘ynay oladigan maymun bor», — deydi Mask Clubhose ilovasidagi yozishmalarida.
Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, implant ko‘zga tashlanmaydi, maymun esa «baxtli». Neuralink mutaxassislari tez orada tajribada ishtirok etayotgan maymunlar bir-biri bilan «intellektual ping-pong» o‘ynashi mumkinligiga umid qilmoqda. Mask taxminan bir oydan so‘ng, videoo‘yin o‘ynayotgan maymunlarning videosini namoyish etishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 28 avgust kuni ixtirochi-milliarder Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etgandi. Ta’kidlanishicha, Maskning Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan chip nevrologik kasalliklarni davolash imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Neuralink kompaniyasi o‘zining yangi texnologiyasini 2019 yilda taqdim etgan. «Tikuv mashinasi kabi» maxsus robot ipga o‘xshash elektrodlarni inson miyasiga chuqur joylashtirib, uni bemor qulog‘iga qotirilgan «qabul qiluvchi kapsula»ga ulaydi. Avvalroq Mask bu turdagi mukammal texnologiyalarni yaratishga qancha vaqt talab etilishi borasidagi savollarga 5-10 yil, deb javob qaytargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi