09:17 / 04.02.2021
2 289

Eron prezidenti AQSHni Yaqin Sharqdan «haydamoqda»

Eron prezidenti AQSHni Yaqin Sharqdan «haydamoqda»
Foto: «Vsepodrobnosti.ru»
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yaqin Sharqda amerikaliklarning bo‘lishi zarar keltirishini aytdi, shuningdek, AQSH o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishiga umid bildirdi. Davlat rahbari Iroq ishlariga har qanday aralashuvga qarshi chiqmoqda.

«Eron prezidenti AQSHning yangi ma’muriyati mintaqada amerikaliklarning bo‘lishi xavfsizlikka zarar yetkazadi, degan xulosaga kelib, siyosatini qaytadan ko‘rib chiqishiga umid bildirmoqda», — deyiladi Ruhoniyning Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan uchrashuvi natijalariga bag‘ishlangan xabarda. Uning bayonotidan RIA Novosti iqtibos keltirdi.

Shuningdek, Eron prezidenti general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishini yana qoraladi.

Avvalroq Mark Esper o‘rniga AQSH Mudofaa vazirligi rahbari lavozimini egallagan Kristofer Miller Vashington 15 dekabrga qadar Iroqdagi askarlar sonini 2,5 ming kishiga kamaytirmoqchi bo‘layotganini aytgandi. Hozir mamlakatda 3000 amerikalik harbiy bor.

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Qozimiy yanvar oyi boshlarida Donald Trampning qaroridan keyin boshlangan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish munosabati bilan mamlakatda bir necha yuz nafar AQSH harbiylari qolishini aytgandi. Yangi prezident Jo Bayden davrida bu ko‘rsatkich qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti AQSHni Yaqin Sharqdan «haydamoqda»