15:23 / 08.02.2021
2 739

«Putinning qasri» haqidagi filmga Navalniyning Germaniyadagi villasi to‘g‘risidagi syujet bilan javob berildi

«Putinning qasri» haqidagi filmga Navalniyning Germaniyadagi villasi to‘g‘risidagi syujet bilan javob berildi
Foto: Videodan kadr
«Rossiya1» telekanali «Putinning qasri» haqidagi filmga Navalniyning Germaniyadagi villasi to‘g‘risidagi syujet bilan javob qildi, deb yozadi Meduza. Ko‘rsatuvda Navalniy yashagan uyni tavsiflashda siyosatchining «Putinning qasri» filmidagi tavsiflash usuliga taqlid qilingan.

Navalniy Germaniya janubi-g‘arbidagi Shvarsvald tog‘larida joylashgan Frayburg shahrining eng nufuzli tumanidagi uyda ijarada turgan. Maydoni 300 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ikki qavatli villaning birinchi qavatida keng mehmonxona, ikkita divan, televizor bor. Mehmonxona yaqinida ayvonli ikkita yotoqxona ham bor. Oshxona va kirxona ham birinchi qavatda. Jakuzi va basseyn ham bor.

Ikkinchi qavatda pechka va kaminli mehmonxona, yemak stoli joylashgan yana bitta mehmonxona, oshxona, uchta yotoqxona, ikkita vannaxona bor.

Ushbu villada yashash sutkasiga 530 yevroga tushadi. Navalniy bu yerda qariyb ikki oy davomida yashagan. Demak, Frayburgdagi turar joyning o‘ziga u 30 ming yevrodan ortiq pul sarflagan. Agar bunga «Putinning qasri» haqidagi filmni suratga olish xarajatlarini qo‘shsa, narx 1 million yevrogacha chiqadi, deyiladi syujetda.

«Rasman ishsiz bo‘lgan bloger kimning puliga bu villani ijaraga olib, filmni suratga olgan?» — degan savol bilan yakunlanadi syujet.
[media=https://youtu.be/phExz7Me4Sk]
Avvalroq Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash fondi tomonidan e’lon qilingan «Putin uchun qurilgan qasr» surishtiruvida iddao qilinishicha, Gelinjik yaqinidagi Idokopos burnidagi Praskoveyevka qishlog‘ida kamida 100 milliard rubllik qasr joylashgan, u Rossiya prezidenti uchun davlat va xususiy kompaniyalar pullariga qurilgan. Qasr FQX tomonidan qo‘riqlanadi, u yer uchish taqiqlangan hudud, shuningdek, qasrga dengiz tomondan suzib borib ham bo‘lmaydi, deyiladi surishtiruvda.

Keyinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KKF) surishtiruvida tilga olingan Gelinjikdagi qasrga na u, na uning qarindoshlari egalik qilishini bildirdi. «U yerda mening mulkim sifatida ko‘rsatilgan narsalarning hech biri na menga, na mening yaqin qarindoshlarimga tegishli emas va hech qachon tegishli bo‘lmagan. Hech qachon», — dedi Vladimir Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Putinning qasri» haqidagi filmga Navalniyning Germaniyadagi villasi to‘g‘risidagi syujet bilan javob berildi