Amerikaning Viskonsin shtatida yashovchi oltmish yoshli ayol Turkiyaning “Tirilish Ertug‘rul” seriali ta’sirida islomni qabul qildi va ismini Xadicha deb o‘zgartirdi.
“Anadolu” agentligiga intervyu bergan ayol “Netfliks”da tasodifan turk serialini ko‘rib qolganini aytdi. “Men umuman bexabar bo‘lgan tarix haqida hikoya qilingan ekan. Alloh, islom, adolat va mazlumlarga yordam haqida eshitganlarim e’tiborimni tortdi”, – deydi u.
Xadicha “Tirilish Ertug‘rul” serialiga shunchalik qiziqib qoldiki, uni to‘rt marta tomosha qildi, hozir beshinchi marta ko‘ryapti. “Serialni tez-tez to‘xtatib, tilga olingan mavzular haqida manba qidiraman. Islom, musulmonlar tarixi va usmoniylar saltanati haqida internetda boshqa videolarni ham izlab, ko‘proq ma’lumot olish uchun tomosha qilaman, – deydi ayol. – Yaxshiyamki, ko‘rgan ekanman, bu serial ko‘zimni ochdi, islom bilan tanishdim”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi