07:35 / 11.02.2021
1 832

Bayden Tramp va Putin suhbatlarining yashirin tafsilotlarini bilishni xohlamoqda

Bayden Tramp va Putin suhbatlarining yashirin tafsilotlarini bilishni xohlamoqda
AQSH prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi davlat rahbari Donald Trampning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan suhbatlarining yashirin tafsilotlari haqida bilishni istamoqda. Bu haqda "Politico" nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oq uyning sobiq egasi Putin bilan suhbatlarining tafsilotlarini atrofdagilar bilan bo‘lishmagan. Shu bois Tramp va Putin o‘rtasidagi o‘nga yaqin muzokaralarning detallari sir bo‘lib qolmoqda.

Amaldagi prezident maslahatchilari respublikachi (Donald Tramp) biror maxfiy axborotni oshkor qilganmi yoki Rossiya prezidenti bilan yangi ma’muriyatni tang ahvolga soladigan biror maxfiy bitim tuzganmi, degan savolga aniqlik kiritishmoqchi.

«Bu [yozuvlar] bilan tanishish uchun bizning ruxsatimiz kerak emas. Suhbatdagi barcha materiallar Baydenga tegishli», deydi Tramp davrida Oq uyda xizmat qilgan sobiq xodimlardan biri.

Nashrga ko‘ra, Tramp chet el rahbarlari bilan shaxsiy suhbatlarining tafsilotlarini qat’iy sir tutgan va ma’lumotlar oshkor qilinmasligi uchun bor imkoniyatlarini ishga solgan.

Biroq ta’kidlanishicha, sobiq AQSH rahbari Putinga kamdan-kam hollarda u ilgari oshkora aytmagan so‘zlarini aytgan.

Sobiq amaldorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Tramp va Putinning suhbatlarini tinglash ko‘pincha «barda gurunglashayotgan ikki do‘stni tinglash kabi tuyulgan», deydi Trampning ko‘plab qo‘ng‘iroqlari va Putin bilan uchrashuvlarini tarjima qilgan Marina Gross.

Manbaga ko‘ra, qo‘ng‘iroqlar yozib olinmagan. Biroq prezidentning ba’zi yordamchilari muzokaralarni tinglashgan va suhbat tafsilotlarini yozib olishgan. Ushbu ma’lumotlar AQSH Milliy arxiviga topshirilgan, ularni Bayden ma’muriyati bemalol olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Tramp va Putin suhbatlarining yashirin tafsilotlarini bilishni xohlamoqda