Brayan Brobbi Manchester Siti darvozasiga xet-trik qayd etdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Sunderland hujumchisi Brayan Brobbi Manchester Siti darvozasiga xet-trik urdi va BBC tomonidan 10/10 baholandi, garchi jamoasi 5:3 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa-da.
- Brobbi o'zining jismoniy va taktik rivojlanishiga video tahlillar va shaxsiy murabbiyi Patrik Vyorst bilan olib borilgan ishlar sabab bo'lganini ta'kidladi.
Sunderland hujumchisi Brayan Brobbi Manchester Siti jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdagi yorqin o‘yini va BBC nashridan olgan noyob yuqori bahosi haqida fikr bildirdi. Etihad stadionida kechgan bahsda uning xet-trik qayd etgani futbol jamoatchiligining e’tiborini tortdi hamda uning Niderlandiya milliy jamoasidagi mavqeini yanada mustahkamladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv yakuniga ko‘ra 24 yoshli hujumchi BBC nashri tomonidan 10/10 ballik mukammal bahoga loyiq ko‘rilgan. Garchi uning jamoasi mazkur dramatik bahsda Manchester Siti futbolchilariga 5:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Brobbining shaxsiy ko‘rsatkichlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
ESPN nashriga bergan intervyusida gollandiyalik futbolchi faoliyati davomida bunday yuqori baholarga kamdan-kam sazovor bo‘lganini yashirmadi. U o‘zining jismoniy va taktik jihatdan o‘sishiga sabab bo‘lgan asosiy omil sifatida individual video tahlillarni keltirib o‘tdi.
Video tahlillar va shaxsiy murabbiy yordami
Brobbining so‘zlariga ko‘ra, u shaxsiy murabbiyi Patrik Vyorst bilan birgalikda raqiblar harakatini chuqur tahlil qiladi. Muntazam ravishda o‘yinlar yozuvini ko‘rib chiqish maydonda to‘g‘ri pozitsiya tanlash, kuchni tejash va o‘yinni yanada aqlli o‘tkazish imkonini bermoqda."Maktabda bunday yuqori baho olganmiman, chamamda. Bu faoliyatimdagi ilk shunday baho bo‘lsa kerak", deya hazilomat tarzda ta’kidladi futbolchi. U har doim o‘z ustida ishlab, nima yaxshiroq chiqayotgani va qaysi jihatlarni yaxshilash kerakligini tahlil qilishga harakat qilishini qo‘shimcha qildi.
Niderlandiya milliy jamoasidagi yangi maqsadlar
Ajax safidan Angliya futboliga ko‘chib o‘tganidan buyon Brobbiy yangi muhitga tez moslashdi va xalqaro maydonlardagi obro‘sini yanada oshirdi. U Zeistdagi yig‘inga yuqori kayfiyatda yetib kelib, milliy jamoadagi o‘rnini mustahkamlashga tayyorligini ko‘rsatdi.Hujumchining asosiy vazifalaridan biri — to‘pni qabul qilishdan oldin raqib himoyachilarining harakatini oldindan o‘rganish va bo‘sh zonalarni topishdan iborat. Shu orqali u faqat jismoniy kurashlarga tayanmasdan, aqlli harakatlar evaziga ustunlikka erishmoqda va Niderlandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Xavi Fernandes qo‘l ostida asosiy hujumchiga aylanishni maqsad qilgan.






























Izohlar 0
…