Uchta ekran va 10 kg vaznga ega oʻta quvvatli Durabook Z14I-DX3 namoyish etildi

Uchta ekran va 10 kg vaznga ega oʻta quvvatli Durabook Z14I-DX3 namoyish etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yangi Durabook Z14I-DX3 mobil stansiyasi uchta 14 dyuymli ekrani, deyarli 10 kg vazni va uch karrali akkumulyator tizimi bilan ajralib turadi.
  • Ushbu qurilma murakkab sharoitlarda ishlaydigan mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, vaziyatni har tomonlama baholash va tezkor qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
  • Durabook Z14I-DX3 Intel Meteor Lake protsessorlari, NVIDIA RTX grafik kartalari va keng ulanish imkoniyatlariga ega, shuningdek, harbiy darajadagi himoyaga ega.

Yaponiya kompaniyasi ilmiy-fantastik filmlardagi konseptlarni eslatuvchi, gʼayrioddiy tuzilishga ega Durabook Z14I-DX3 nomli yangi mobile stansiyasini taqdim etdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, texnik jihatdan noutbuk hisoblangan ushbu qurilma oʼzining uchta 14 dyuymli ekrani, uch karrali akkumulyator tizimi hamda deyarli 10 kilogramm keladigan ogʼirligi bilan eʼtiborni tortadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Asosiy displeyga yon tomonlardan yana ikkita Full HD formatidagi panel qoʼshilgan boʼlib, ularning barchasi birgalikda xaritarlar, videolar va tezkor maʼlumotlarni bir vaqtning oʼzida namoyish eta oladi. Ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, bunday yechim murakkab sharoitlarda ishlaydigan mutaxassislarga vaziyatni har tomonlama baholash va tezkor qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Sunʼiy intellekt va unumdorlik

Mazkur qurilma nafaqat ogʼir sharoitdagi amaliyotlarga, balki sunʼiy intellekt sohasidagi periferik hisob-kitoblarga ham moʼljallangan. Noutbuk asosi sifatida unchalik yangi boʼlmagan, biroq sinalgan Intel Meteor Lake protsessorlari liniyasi tanlangan boʼlib, foydalanuvchilar Core Ultra 5 125Uʼdan tortib Core Ultra 7 165U modellarigacha tanlashlari mumkin.

Akkumulyatorlar tizimi ham qurilmaning oʼziga xos jihatlaridan biridir. Yon ekranlarning ishlashini taʼminlash uchun alohida, 14,4 V kuchlanishli va 6700 mAch sigʼimli batareya ajratilgan. Asosiy batareya 10,8 V kuchlanish va 6900 mAch sigʼimga ega boʼlib, tizimga yana 4700 mAch sigʼimli qoʼshimcha akkumulyatorni ulash imkoniyati ham mavjud.

Grafika va himoya darajasi

Ishlash unumdorligini oshirish maqsadida noutbuk nafaqat protsessorga oʼrnatilgan iGPU, balki diskret grafika bilan ham taʼminlanishi mumkin. Bu borada xaridorlarga NVIDIA RTX A500, RTX 3500 Ada yoki eng kuchli RTX 5000 Ada grafik kartalarini tanlash imkoniyati taqdim etiladi. Operativ xotira uchun ikkita slot mavjud boʼlib, bazadagi 256 GB hajmli SSD diskiga yana ikkita qoʼshimcha xotira modulini qoʼshish mumkin.

Qurilmaning ulanish imkoniyatlari ham oʼta keng boʼlib, u Thunderbolt 4, ikkita RJ45 porti, ikkita COM porti, HDMI, VGA, ExpressCard 54 hamda bir nechta USB portlarini oʼz ichiga oladi. Tarmoq imkoniyatlaridan Wi-Fi 7 va Bluetooth 5.4 mavjud, GPS, 4G LTE yoki 5G texnologiyalari esa qoʼshimcha opsiya sifatida taklif qilinadi.

Ekstremal sharoitlarga moʼljallangan ushbu stansiya harbiy darajadagi MIL-STD-810H va MIL-STD-461G standartlari asosida toʼliq himoyalangan hamda keng harorat diapazonlarida ishlay oladi. Barcha texnik qismlar va uchta batareyani oʼz ichiga olgan ulkan konstruksiyaning umumiy ogʼirligi 10 kg ga yaqinlashadi. Hozircha kompaniya ushbu noyob qurilmaning narxini Ommaga oshkor etmagan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar